Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

MAʼNAVIY-MAʼRIFIY MUHITNI SOGʼLOMLASHTIRISH –MUHIM MASALA

16:51, 03.11.2021      

Fargʼona davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan pedagogika-psixologiya fakultetida talaba qizlar va professor-oʼqituvchilar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.

Unda universitet professori, pedagogika fanlari doktori T.Egamberdiyeva, Fargona shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Ahmadaliyeva, Farg’ona davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi B.Qurbonova, pedagogika-psixologiya fakulteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi E.Mirzajonova, shuningdek, fakultet kafedra mudirlari, tyutorlar qatnashishdi.

Xotin-qizlar oʼrtasida maʼnaviy muhitni yanada sogʼlomlashtirish, kiyinish, muomala madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, ularning diniy va dunyoviy bilimlarini mustahkamlash yuzasidan kerakli maʼruzalar, fikr-mulohazalar tinglandi. Yoshlar mavzu yuzasidan kerakli xulosalarni olishdi.