Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

OLIY TА’LIMDА IJTIMOIY-MА’NАVIY MUHITNI YANАDА SOGʼLOMLАSHTIRISH –MUHIM MАSАLА

12:17, 06.11.2021      

Fargʼona davlat universiteti tarix fakultetida “Oliy taʼlimda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʼlomlashtirish –muhim masala” mavzusida muloqot oʼtkazildi.

Unda fakultet professor-oʼqituvchilari, dekan oʼrinbosarlari, kafedra mudirlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Muloqotni fakultet dekani Z. Sobirova olib bordi.

Barcha qatnashchilarga Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʼliqni saqlash masalalari qoʼmitasi tomonidan Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi rahbariyati bilan hamkorlikda oʼtkazilgan videokonferensiya yigʼilishida belgilangan vazifalar asosida “Oliy taʼlimda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʼlomlashtirish, masʼul xodimlar, professor-oʼqituvchilar va talabalarning axloqi, ularning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish hamda talaba-qizlarga nisbatan zoʼravonlikning oldini olish” mavzusida kerakli tushuntirish va tavsiyalar berildi.