Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 515
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

SIRTQI TA’LIM BO’LIMIDAN EZGU TASHABBUS

12:37, 09.11.2021      

Fargʻona davlat universitetiSirtqi ta’limboʻlimi "Musiqa taʼlimi" yo'nalishi talabalari tomonidan Fargʻona "Muruvvat" nogironligi bo'lgan bolalar uchun internat uyida "Ko'ngilga tashrif" nomli konsert dasturi namoyish etildi.

Konsert dasturi davomidatalabalar o'zbek milliy musiqa va qo'shiqlari, o'zbek va jahon estrada qo'shiqlari va kuylarini ijro etdilar.

Ko’ngilochar madaniy dastur bolajonlarning murgʻak qalbida hayotga muhabbat, ertangi kunga ishonch tuygʻularini uyg'otdi, ularga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi va barchaga manzur boʻldi .

"Muruvvat" uyi ma'muriyati tomonidan Fargʻona davlat universitetiSirtqi ta’limboʻlimi talabalariga ezgu tashabbus uchun minnatdorlik bildirildi.