Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

HARBIY TA’LIM FAKULTETI: Talabalar harbiy qismda

11:09, 13.11.2021      

Fargʼona davlat universiteti harbiy taʼlim fakultetida Sharqiy harbiy okrugi bilan hamkorlikda muntazam ravishda oʼquv-harbiy mashgʼulotlar olib boriladi. Bu esa oʼz navbatida talabalarning harbiy tizim masʼuliyati va vazifalarini toʼlaqonli anglab yetishlariga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan fakultet talabalari Sharqiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarda boʼlishdi, u yerda harbiy xizmatchilarning yashash sharoiti, xizmat burchlarini ado etish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Harbiy qismda tashkil etilgan tadbirda boʼlajak yurt himoyachilari vatanparvarlik, ona Vatanga muhabbat tushunchalarini yanada teran anglashga intilishdi va bu sharafli ishda sodiqlik va matonat bilan ishtirok etishga katta kuch toʼplashdi.