Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

O'zbekiston-Rossiya ta'lim forumi: Rossiyaning eng nufuzli oliygohlari bilan rasmiy kelishuvlarga erishildi

16:15, 17.11.2021      

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 16-18 noyabr kunlari Oʼzbekiston-Rossiya xalqaro taʼlim forumi boʼlib oʼtmoqda. Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida oʼtkazilayotgan forumda Fargʼona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirok etmoqda.

Forumning ikkinchi kuni O'zbekiston tarafi uchun quvonchli yangiliklarga boy bo'ldi. Bunda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish borasida qator hujjatlar, xususan, birgalikda kadrlar tayyorlash, ta'lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yishga oid bitim va memorandumlar imzolandi.

Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov Rossiyaning eng nufuzli oliygohlari bilan rasmiy kelishuvlarni imzolashga, memorandum tuzilishiga erishdi.

Farg’ona davlat universiteti matbuot xizmati