Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ZOOTEXNIYА FАKULTETI: olima ayollari safi yanada kengaymoqda

13:08, 19.11.2021      

Mamlakatimizning xotin-qizlarning ilmiy faoliyatiga keng yoʼl ochish, ularning ilmiy izlanishlarga boʼlgan ishtiyoqini qoʼllab-quvvatlashga qartilgan keng koʼlamli ishlar natijasida Fargʼona davlat universitetining olima ayollari safi tobora kengaymoqda.

Kecha universitetning Fargʼona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.05.03 raqamli ilmiy daraja beruvchi Ilmiy Kengashda Аbduxakimova Xusnidaxon Аbdullaevna oʼzining “Shohimardonsoy konus yoyilmasi sugʼoriladigan tuproqlarining geokimyosi” mavzusidagi 03.00.13–Tuproqshunoslik ixtisosligi biologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaqqiyatli himoya qildi.

Bu kabi samarali odimlar oliy taʼlim muassasasi ilmiy salohiyatining yanada yuksalishiga xizmat qilmoqda.