2021/2022 o‘quv yilida:
-koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abiturientlar va talabalarga to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha belgilangan 10 foizlik chegirmani qo‘llash muddati 2021 yil 15 noyabrga qadar uzaytirilgan.
-Oliy ta’lim muassasalari bakalavriata va magistraturasiga to‘lov kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2021 yilning 20 noyabri etib belgilangan.