Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 515
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Harbiy taʼlim fakulteti: kubok sohiblari aniqlandi

15:54, 22.11.2021      

Fargʼona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakultetida fakultet boshligʼi kubogi uchun oʼtkazilayotgan mini futbol musobaqalarining final bosqichi boʼlib oʼtdi.

Murosasiz kechgan bahslarda fakultet talabalari oʼz iqtidorlarini namoyish qilishdi. Yakuniy natijalarga koʼra, birinchi oʼrinni 4-kurs, ikkinchi oʼrinni 3-kurs va uchinchi oʼrinni 2-kurs talabalari qoʼlga kiritdilar.

Musobaqaning gʼolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida soʼzga chiqqan fakultet boshligʼi, polkovnik Ixtiyor Saidov sportsevar talabalarni samimiy tabrikladi, chempionlarga kubokni tantanali topshirdi.