Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Ural davlat Federal universiteti dotsenti S.Y. Kiselyov Farg’ona davlat universitetida

15:44, 24.11.2021      

Farg’ona davlat universiteti va Rossiya Federastiyasi birinchi prezidenti B. Yelsin nomidagi Ural davlat Federal universiteti o’rtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida, “Klinik psixologiya va fiziologiya” kafedrasi dotsenti, p.f.n Sergey Yurevich Kiselyov tashrif buyurdi. Magistratura bo’limining, psixologiya yo’nalishi 1-bosqich magistrlariga “Kognitiv psixologiya” fanidan maruzalarni o’qib eshitirmoqda.

Tinglovchilar kognitiv psixologiya asoslari, kognitiv jarayonlar rivojlanishining dolzarb masalalari, kognitiv funktsiyalar va nutq buzilishlari hamda bu funksiyalarning bosh miya bilan bog‘liqligi bilan tanishdilar.

Bundan tashqari psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun “Gipperaktiv bolalar bilan ishlashda neyropsixologik yondashuv” mavzusida mahorat darsi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.