Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

HARBIY TA’LIM FAKULTETI: Harbiy prokuratura tarixi oʼrganildi

14:55, 27.11.2021      

Fargʼona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakultetida viloyat harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.

Unda ishtirok etgan talaba-yoshlar Vatanimizning izchil harbiy tuzilmasi, shuningdek, harbiy prokuratura tizimining tarixi, rivojlanishi, tizimning oʼziga xos, muhim jihatlari haqida bilimlarga ega boʼlishdi.

Tadbirda soʼz olganlar bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati, dunyoqarashiga salbiy taʼsir oʼtkazayotgan qator omillarni sanab, ularni sogʼlom va keng tafakkur bilan yashashga undadilar. Talabalar korrupsion holatlarni sodir etishga urinish, maʼrifatsizlik oqibati ayanchli hollarga olib kelishidan ogohlantirildi.

Ishtirokchilar diqqatiga sogʼlom turmush tarziga rioya qilish, turli illatlardan uzoq boʼlishga qaratilgan videorolik namoyish qilindi.