Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 515
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: Harbiy taʼlim fakulteti talabalari taqdirlanishdi

10:26, 02.12.2021      

Fargʼona shahridagi Tadbirkorlar uyi majlislar zalida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʼi maslahatchisi, iste’fodagi general-leytenant B. Matlyubov boshchiligidagi bir guruh faxriy harbiylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” boʼlib oʼtdi.

Unda Fargʼona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakulteti talabalari faol ishtirok etishdi va faxriy harbiylardan samarali xizmat faoliyati tajribalari, vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat saboqlarini olishdi.

Tadbirda fakultetning bir guruh faol va iqtidorli talabalariga “Faxriy yorliq” va esdalik sovgʼalari topshirildi.