Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

HARBIY TA’LIM FAKULTETI: “OITSga qarshi birga kurashamiz!”

14:52, 02.12.2021      

Fargʼona davlat universiteti fakultetlari boʼylab “1 dekabr -OITSga qarshi kurash kuni” kuni munosabati bilan yoshlarning tibbiy bilimini oshirishga qaratilgan tadbir va davra suhbatlari davom etmoqda.

Universitetning Harbiy taʼlim fakultetida tashkil etilgan muloqotda ayni shu mavzuga eʼtibor qaratildi.

Farg’ona viloyati OITSga qarshi kurashish markazi vrach-epidemiologi A. Boborahimov ishtirok etib, talabalarga OITS kasalligi, uning kelib chiqishi, turlari, unga qarshi kurashish tadbirlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berdi.

Talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Tadbir soʼngida OITS kasalligiga qarshi kurashishga daʼvat etuvchi videorolik namoyish qilindi.