Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 515
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Maktabgacha va boshlangʼich ta’lim fakulteti: “dunyoni mehr ustiga quraylik!”

14:12, 03.12.2021      

Fargʼona davlat universiteti Maktabgacha va boshlangʼich taʼlim fakulteti tashabbusi bilan 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Fargʼona shahridagi nogironligi boʼlgan “Muruvvat”da “Dunyoni mehr ustiga quraylik!” shiori ostida xayriya tadbiri oʼtkazildi.

Fakultet dekani Z.Аkbarova boshchiligidagi fakultet oʼqituvchilari, tyutorlar va talabalar mazkur muassasaga tashrif buyurishib, nogironligi boʼlgan bolalar xolidan xabar olishdi. Ularning eʼtiboriga badiiy-madaniy dastur namoyish qilindi.

Tadbir soʼnggida bolalar va ularning tarbiyachilariga fakultet jamoasining esdalik sovgʼalari ulashildi.