Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

FDU - 24 | ZOOTEXNIYA FAKULTETI: "SAHOVAT - BENAZIR QADRIYAT"

16:23, 04.12.2021      

O‘zbek xalqi azaldan milliy qadriyat va urf-odatlariga qat’iy rioya qilib, kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzatda bo‘lish, kam ta’minlanganlar holidan xabar olish, bir-biriga nisbatan mehr-muruvvatli bo‘lish kabi an’analar har bir avlod vakillariga singdirib kelinmoqda.

Davlatimiz tomonidan ham muntazam ravishda ijtimoiy himoyaga muhtojlar, ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolalar, nogironligi bo’lgan fuqarolarga alohida e’tibor ko’rsatilmoqda.

Bu borada Farg’ona davlat universitetida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha Хalqaro nogironlarni himoya qilish kuni munosabati bilan Zootexniya fakulteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlari Farg‘ona viloyati xalq ta’limi tasarrufidagi 86-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga borib, tarbiyalanuvchilarga sovgalar ulashdilar. Ushbu g’amxo’rlikdan ularning kayfiyatlariga kayfiyat qo’shilib, ko’ngillari tog’dek ko’tarildi va universitet jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.