Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

HARBIY TA’LIM FAKULTETI: “Talabalar forumi-2021” doirasida voleybol musobaqasi

16:25, 04.12.2021      

Fargʼona davlat universitetining barcha fakultetlarida keng nishonlanayotgan “Talabalar forumi-2021” festivali Harbiy taʼlim fakultetida ham koʼtarinki ruh va joʼshqinlik bilan davom etmoqda.

Fakultetda forum doirasida oʼndan ortiq loyiha va tanlovlar oʼtkazilishi rejalashtirilgan. Bugun fakultet talabalari oʼrtasida oʼtkazilgan voleybol musobaqasi ham ana shulardan biri.

Yoshlar oʼrtasida sportning barcha turlariga qiziqishni oshirish, ularning jismonan sogʼlom avlod boʼlib shakllanishiga koʼmak berish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 6 ta jamoa oʼzaro kuch sinashishdi. Qizgʼin bahslardan soʼng gʼolib va sovrindor jamoalar nomi aniqlandi.