Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Jismoniy madaniyat fakulteti: sportchi talabalarimiz – g’olib

16:57, 07.12.2021      

Farg’ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining bir guruh talabalari nufuzli sport musobaqalarida g’olib bo’lishdi.

Ulardan biri Xasanboyev Suhbatjon xalqaro nogironlar kuniga bag'ishlangan sportning "Futzal" turi bo'yicha kar va zaif eshituvchilar o'rtasida "O'zbekiston kubogi"da Farg'ona viloyati nomidan ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni egalladi.

Fakultet talabasi Xudoyberganov Shohruhbek Adijonda o'tkazilgan MMA musobaqasida 70 kg vaznda qatnashib, faxrli 1-o'rinni qo’lga kiritdi.

Yana bir iqtidorli talabamiz Qodirov Asadbek sportning kikboks turi bo'yicha Respublika chempionatida 55 kg vaznda ishtirok etib, g’alaba qozondi.

Zafar muborak, universitet o’g’lonlari!