Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

Matematika-informatika fakulteti: "Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor”

17:57, 16.12.2021      

Kecha Farg'ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti tyutorlari A.Qosimov, G.Ziyayevlar tashabbusi bilan 5-6 sonli talabalar turar joyida "Adabiyotga e’tibor–ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida arzonlashtirilgan kitob yarmarkalari tashkil etildi.

Talabalar yarmarkadan oʼrin olgan oʼzbek va jahon adabiyoti namunalari bilan yaqindan tanishdilar va ularni arzon narxlarda harid qilishdi.

Shu kuni fakultet tyutorlari O.G’aniyev, G.Qurbonova, I.Mamatqulovlar tashabbusi bilan xuddi shunday kitob yarmarkalari va ularning arzonlashtirilgan savdosi 4-sonli talabalar turar joyida ham amalga oshirildi.

Mazkur kitob yarmarkalari talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga eʼtibori va mehrini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.