Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 515
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FILOLOGIYA FAKULTETI: “Qatagʼon qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat

13:29, 18.12.2021      

Filologiya fakulteti talabalarining mashgʼulotda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, mamlakatimiz va adabiyotimiz tarixini amaliy oʼrganishlariga sharoit yaratish maqsadida universitetning “Qatagʼon qurbonlari xotirasi” hamda viloyat oʼlkashunoslik muzeylariga sayohatlari davom ettirilmoqda.

Joriy yilning 16-17 dekabr kunlari rus tili va adabiyoti taʼlim yoʼnalishi talabalarining Fargʼona davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatagʼon qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Muzeyning turli boʼlimlaridan oʼrin olgan tarixiy haqiqatlardan xabar beruvchi minglab eksponatlar, xususan, mashʼum qatagʼon yillarida qattol siyosat qurboni boʼlgan vatandoshlarimiz, fidoyi va maʼrifatparvar ziyolilarning davr iskanjasidagi suratlari yoshlar eʼtiborini tortdi.

Muzeyga tashrif davomida talaba-yoshlar istiqlol va uning buyuk neʼmat ekanligi, ajdodlar yodi - barhayot degan tushunchaning naqadar toʼgʼri ekanligiga amin boʼlishdi.