Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 515
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FILOLOGIYA FAKULTETI: “Zakovat”chilar safi kengaymoqda

13:32, 18.12.2021      

Fargʼona davlat universiteti Filologiya fakultetida “Zakovat” klubi samarali faoliyat koʼrsatmoqda. Haftaning har payshanba kuni klubning intellektual bellashuvlari oʼtkazilib kelinadi.

Rus tili metodikasi kafedrasi tomonidan mazkur tashabbus qoʼllab-quvvatlanib, joriy yilning 17 dekabr kuni rus tili va adabiyoti taʼlim yoʼnalishi 2-3 kurs talabalaridan iborat jamoalar oʼrtasida intellektual oʼyinlar oʼtkazildi. Unda ishtirok etgan 6 ta jamoa oʼzlarining bilimdonliklarini namoyish etish bilan birga “Zakovat” klubiga aʼzo sifatida qabul qilindilar.

Kelgusida fakultet “Zakovat” klubi faoliyati yanada kengaytirilib, intellektual salohiyatli, bilimga chanqoq talabalar safini kengaytirish, respublikamiz oliy taʼlim muassasalari oʼrtasida oʼtkaziladigan bilimlar bahslarida samarali ishtirok etish maqsad qilingan.