Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 515
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

HARBIY TA’LIM FAKULTETI: "VATANPARVARLIK OYLIGI”da faol ishtirok etaylik!”

13:35, 18.12.2021      

Mamlakatimiz boʼylab oʼtkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” Fargʼona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakultetida ham keng koʼlamda va koʼtarinki kayfiyatda oʼtkazilmoqda. Shu munosabat bilan fakultet talabalari Fargʼona shahridagi harbiy qismlarda boʼlib, u yerda tashkillangan oʼquv-taktik tadbirlar va maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlarda faol ishtirok etishmoqda.

Kecha fakultet talabalari hududdagi 52788 harbiy qismda oʼtkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirida qatnashdilar.

Dastlab talabalar mazkur harbiy qism hayoti, harbiy xizmatchilar vazifa va burchlari bilan amaliy jihatdan tanishdilar. Harbiy qismda joylashgan tizimga oid inventarlar, koʼrgazmali qurollarni oʼrganish asnosida sohaga oid bilimlari yanada mustahkamlandi.

Tadbir soʼnggida talabalar va harbiy xizmatchilar tomonidan koʼrgazmali mashqlar namoyish qilindi.