Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

FDU - 24 | ZOOTEXNIYA FAKULTETI TALABASI YANA MILLIONLAR SOHIBI BO'LDI!

13:32, 22.12.2021      

“O‘zbekiston yoshlar forumi — 2021” doirasida “Startap tashabbuslari” yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi 5-davrining “Demo day” yakuniy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar jamoasi 601 ta loyihani tanlandi, bu loyihalar bilan Zoom dasturi yordamida onlayn intervyu o‘tkazildi.

G‘oliblarga “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan 1 milliard so‘m, BMT Taraqqiyot dasturi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O‘zbekistonda yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi tomonidan esa 100 ming AQSH dollari miqorida maqsadli grant mablag‘lari ajratildi. “Demo day” ma’ruzachilari, shuningdek, “C-Space” va “Gruound Zero” kovorking markazlaridan bepul yo‘llanmalar oldi.

G'oliblar ichida yana Zootexniya fakulteti talabasi Nozima Qozixonova ham bor.Bu gal u naqd 50.000.000 so'mlik vaucher egasi bo'ldi!