SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETIDA “MOHIR QO‘LLAR” TO‘GARAGI ISHLAMOQDA
18:11, 22.12.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning beshinchi yo‘nalishi
– “Yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish” bo‘yicha San’atshunoslik fakultetida talaba-qizlarning dars mashg‘ulotlaridan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida
“Mohir qo‘llar” to‘garagi tashkil etilgan.
Mazkur to‘garakda talaba-qizlar dars mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtlarida to‘garak rahbari
“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi, tasviriy san’at kafedrasi o‘qituvchisi Mushtariy Qurbonovadan turli buyumlar yasash va ularga bezak berish sirlarini o‘rganmoqdalar.