Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

HАRBIY TА’LIM FАKULTETI: Voleybol musobaqalari oʼtkazildi

17:26, 23.12.2021      

Bugungi kunda talaba yoshlar sportga boʼlgan qizishi va eʼtiborini oshirish vazifasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Farg'ona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakulteti talabalari oʼrtasida sportning mini futbol, voleybol, shaxmat-shashka turlari boʼyicha musobaqalarning muntazam oʼtkazib kelinayotgani buning ifodasidir.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarni sportga jalb qilish dasturi asosida bo’lib o’tgan voleybol bo‘yicha “Fakultet boshligʼi kubogi” musobaqasi ham ana shulardan biri.

Fakultetda mazkur musobaqa qizgʼin bahslarga boy va koʼtarinki ruhda oʼtkazildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni 3 kurs,2-o‘rinni 4 -kurs, 3 o‘rinni 1 kurs talabalari jamoasi qoʼlga kiritdi.

Gʼoliblarga kubok, diplom va sport anjomlari fakultet boshligʼi, polkovnik I. Saidov tomonidan tantanali topshirildi.