Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

HАRBIY TА’LIM FАKULTETI: Ofitserlar tomonidan “Jasorat darslari” oʼtilmoqda

17:32, 23.12.2021      

Fargʼona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakulteti ofitser-oʼqituvchilari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan vazifalar asosida taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarga “Jasorat darslari” tashkillanmoqda.

Xususan, fakultet ofitserlari, podpolkovnik M. Xajiyev va X. Tojiyevlar Toshloq tumanidagi 21-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurishib, oʼquvchilarga “Jasorat darslari”ni oʼtishdi. Ochiq va samimiy ruhda oʼtgan muloqot oʼquvchilarning harbiy vatanparvarlikka boʼlgan eʼtibori va hurmatini oshirishga xizmat qildi.

Fargʼona shahridagi 2-, 13-umumtaʼlim maktablarida ofitserlar А.Mamadjanov, M.Ro’zibayev tomonidan olib borilgan mahorat darslari ham qiziqarli va mazmunga boy oʼtdi. Uchrashuv davomida fakultet iqtidorli talabalari tomonidan badiiy va koʼrgazmali chiqishlar namoyish qilindi.

Oʼquvchilar muloqotlarda oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.