Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

​IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI: OʼzMU olimlari ishtirokida seminar-trening

15:47, 24.12.2021      


Fargʼona davlat universitetining respublikamizning turli OTMlari bilan mustahkam hamkorligi natijasida malakali professorlar ishtirokida seminar-trening va maʼruzalar doimiy amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, universitetning Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti “Ijtimoiy ish” kafedrasiga Oʼzbekiston Milliy universiteti olimlari - sotsiologiya fanlari doktori, professor N. Latipova va sotsiologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD) V. Аlekseevalar tashrif buyurishdi.

Olimlar fakultetning Ijtimoiy ish hamda Sotsiologiya yoʼnalishi talabalari bilan “Ijtimoiy ish rivojlanishining dolzarb muammolari "mavzusida seminar-trening mashgʼulotlarini olib bordilar. Seminar davomida talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. OʼzMU olimlarining mahorat darslari ham talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.