Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 515
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ZOOTEXNIYA FAKULTETI: "BAYRAM SOVG'ALARI - MEHR IFODASI"

20:26, 24.12.2021      

Ma’lumki, Yangi yil bayramini barchamiz intizorlik bilan kutamiz. Bolalikdan yangi yil bayrami mo‘jizalar olib keluvchi, yangi quvonchlar, yangi orzular olib keluvchi bayram sifatida xotiramizda qolgan. Ayniqsa, bu bayramda bolajonlar biz – kattalardan sovg’alar kutadilar. Sovg’alar ham mehr-muruvvatning bir ifodasi sifatida insonni yashashga, hayotni sevishga da’vat etadi.

Shu bois, Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda kutib olish, hayr-sahovat ishlarini amalga oshirish maqsadida Zootexniya fakultetining faol talaba-yoshlari Farg‘ona viloyati xalq ta’limi tasarrufidagi 86-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga borib, tarbiyalanuvchilar bilan uchrashuv tashkil etdilar.

Uchrashuv davomida maktab-internati o‘quvchilariga Yangi yil bayrami arafasida sovg'alar taqdim etildi.