Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

HАRBIY TА’LIM FАKULTETI: Qoʼshinlarni boshqarish faoliyatining oʼquv xonasi ochildi

14:38, 25.12.2021      

Fargʼona davlat universitetining Harbiy taʼlim fakulteti oliy taʼlim muassamizdagi bunyodkorlik ishlari jadal olib borilayotgan fakultetlardan biri hisoblanadi.

Fakultetda yangi saf maydoni, shuningdek, harbiy-oʼquv texnikalar saqlash uchun boks binosining qurilish ishlari olib bormoqda. Bu jarayonlar, albatta, fakultetdagi taʼlim sifati yanada oshirilishiga xizmat qiladi.

Kecha fakultetda “Qoʼshinlarni boshqarish faoliyatining oʼquv xonasi” ochildi. Ofitser va talabalar mazkur xonaning oʼquv-taktik imkoniyatlari bilan tanishdilar. Tadbir davomida zamonaviy harbiy jihoz va inventarlarga ega boʼlgan oʼquv xonasi talabalarning nazariy va amaliy bilimlari mustahkamlanishiga xizmat qilishi aytib oʼtildi.