Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

SARHISOB: YILNING ENG FAOL TALABALARI E'TIROF ETILDI

16:18, 25.12.2021      

Bugun Farg’ona davlat universitetida yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-marifiy masalalar bo'yicha yillik faoliyat sarhisob etildi. Oliygohda 2021 - yil davomida o'tkazilgan ma'naviy-marifiy tanlovlarda faol ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritgan talaba-yoshlar va "Yil talabasi - 2021" tanlovining g'oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

Bunda talabalar quyidagi nominatsiyalar bo'yicha mukofotlandilar:

“Yilning eng faol bilimdon talabasi”

“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”

“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”

“Yilning eng faol sportchi talabasi”

“Yilning eng faol bloger talabasi”

“Yilning eng faol ijodkor talabasi”

Shuningdek, yil davomida e'lon qilingan “Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori”, “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”, “Jon O‘zbekiston, mangu bo‘l omon!”, “Men nechun sevaman, O‘zbekistonni” mavzularidagi insholar tanlovida, “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusidagi devoriy gazetalar tanlovida, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi “Eng yaxshi plakat”tanlovida birinchi o'rinni egallagan va “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovining Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan intiluvchan talaba-yoshlarga sovg'alar topshirildi.