Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Seminar-trening: tyutorlik faoliyati yangi bosqichga koʼtariladi

17:39, 07.01.2022      

Fargʼona davlat universiteti anjumanlar zalida oliy taʼlim muassasasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va tyutorlik faoliyatini yangi bosqichga koʼtarishning dolzarb masalalariga bagʼishlangan seminar-trening boʼlib oʼtdi. Mazkur seminarda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha dekan oʼrinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdilar.

Seminar davomida yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuvlar, “talababay” ish olib borish samaralari, tyutorlik faoliyatiga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati kabi muhim masalalarda muhokamalar yuritildi.

Maʼlumki, tyutorlik amaliyoti oliygohda talabaga yelkadosh murabbiy va mohir konsultant sifatida baho olishiga ishonch bildirilmoqda. Talabaning kuchli taraflarini, zaxiradagi qobiliyatlarini yuzaga chiqarib, kamchiliklari ustida ishlashni oʼrgatadigan mazkur mutaxassislar mamlakat uchun munosib yangi avlod kadrlarini tarbiyalashga oʼz ulushini qoʼshadi.

Hozirgi kunda Fargʼona davlat universitetida faoliyat boshlagan 100 dan ortiq tyutorlar talabalarning shaxsiy rivojlanishiga, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga, shuningdek, ularning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkillashga, yigit-qizlarni kasbga yoʼnaltirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy toʼgaraklarga jalb etish hamda muammo va kamchiliklarini oʼrganib, ularga atroflicha yechim topishga kirishganlar.

Seminar-trening davomida universitet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektori P. Otaqulov, talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʼlimi boshligʼi X. Nazirov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Oʼ. Rajabovlar mavzuga oid maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.