Farg‘ona davlat universitetiga 2021 yil yanvar -sentabr oylari davomida kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida tahliliy yozma axborot
Farg‘ona davlat universitetida 2021 yil davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Fuqarolar murojaatlarini qayd qilish uchun daftarlar yuritilgan bo‘lib, har bir murojaat belgilangan tartibda daftarga qayd qilinib nazorat kartochkalari to‘ldirib pandemiya talablariga rioya qilingan holda yuritib kelinmoqda.
Bugungi kunda 2021 yil yanvar -sentabr oylari davomida jami 208 ta murojaat universitet kelib tushgan. Bulardan 156 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, bevosita bo‘limlar va fakultetlarga kelgan murojaatlarning 18 tasi og‘zaki, 12 tasi yozma, shuningdek, 5 nafar murojaatchi bevosita rektor qabulida bo‘lgan, 15 nafari esa tegishli prorektorlar qabuliga murojaat qilishgan. Universitet hududiy tuzilmalari (akademik litsey)rahbarlari tomonidan 2 nafar fuqaro turli-tuman murojaatlar bo‘yicha qabul qilingan. Bevosita fakultet va bo‘limlarda qabul qilingan shaxslarning 2 nafari universitet vakolatlari doirasida ijobiy hal etilgan. Qolgan murojaatlardagi masalalar yuzasidan belgilangan tartibda meyoriy hujjatlar asosida tushuntirish berilgan.
Farg‘ona davlat universitetiga 2021 yil davomida murojaatlarni ko‘rib chiqishda kamchilik va xatoliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun universitet qabul komissiyasi "Call sentr" boshlig‘i Abduvaliyev Xayitboyga universitet rektorining 31.08.2021 yil kungi 385-son buyrug‘iga “Xayfsan” intizomiy jazosi qo‘llangan”
Fakultetlar va bo‘limlarda murojaatlar bilan ishlash yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ayrim kamchiliklar mavjud bo‘lib, bular asosan og‘zaki murojaatlar daftarlarini yuritishda kuzatilgan. Ushbu holatlar bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash yuzasidan seminar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi va tegishli ko‘rsatmalar berilib ushbu kamchiliklar tartibga solindi. Universitetda hozircha tizimli ravishdagi eng ko‘p murojaatlar tushayotgan masalalar mavjud emas.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha OAV da 6 marotaba chiqishlar tashkillandi. Jumladan televideniyeda 3 marotaba, gazetada 3 marotaba chiqish qilindi. Murojaatlar bilan ishlash yuzasidan jamoatchilik vakillari ya’ni, universitet ilmiy kengashida 3 marotaba hisobot berildi. Universitet rasmiy veb-saytida murojaatlar bilan ishlash natijalari bo‘yicha hisobotlar joylashtirib borilmoqda.
Universitet (fakultetlar, bo‘limlar) bo‘yicha murojaatlar bilan ishlashni tashkil etish bo‘yicha mas’ul etib Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Nosirov Ilxom Abbosovich, universitetda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma raxbari sifatida fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis Ahrorqulov Anvar Anvarovichlar tayinlangan.
Rektor B.Shermuhammadov
Farg'ona davlat universiteti rektori Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich Virtual qabulxonasi