Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

PROREKTOR P.OTAQULOV TALABALAR TURAR JOYIDA yashovchi yoshlar bilan suhbatlashdi

16:30, 15.01.2022      

Farg'ona davlat universitetida qishki ta'til davrida talabalar turar joyida yashayotgan yoshlar bilan muntazam muloqot o'rnatish, ularning talab va takliflarini oʼrganishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Universitetning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektori Poziljon Otaqulov talabalar turar joylariga tashrif buyurib, u yerdagi talabalar bilan uchrashdi.

Talabalarning takliflari va tashabbuslari bilan qiziqqan prorektor oliygohimiz oʼz yoshlarini oʼylantirayotgan har qanday masalada yordam va koʼmakka tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari yaqindan oʼrganildi, ularga qoʼshimcha imkoniyatlar yaratish boʼyicha qilinadigan ishlar belgilab olindi.