Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKULTETI: "Mening mahallam – mening faxrim! "

16:31, 15.01.2022      

Farg’ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti tomonidan Toshloq tumanida "Mening mahallam – mening faxrim" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Farg’ona davlat universiteti rahbariyati, fakultet vakillari, professor-o’qituvchilar hamda tyutorlar faol ishtirok etdilar.

Bunda tumandagi mahallalar tomonidan ko’rgazmalar, aholi bandligiga ko’maklashish markazining bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi namoyish etilib, kitob ko’rgazmalari, sport musobaqalari ham o'tkazildi. Tumandagi faol mahallalar vakillari Fargʼona davlat universiteti bilan taʼlim va tarbiya yoʼnalishida hamkorlik aloqalarini oʼrnatganliklari yaxshi samara berayotganini taʼkidlashdi.

Ziyolilarning mahallaga maʼnaviy homiylik qilishayotgani quvonarli ekanligi aytib oʼtildi. Bir guruh yoshlarga kitob jamlanmalari sovgʼa qilindi.