Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

FDU - ONLINE | DLL (Deutsch lehren Iernen) - Nemis tili o'qitishni o'rganish" dasturini tadbiq qilish bo'yicha Gyote lnstituti va Farg'ona davlat universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

13:31, 13.12.2021      

Yaqinda Nemis tili o'qituvchilarining uslubiy va til ko'nikmalarini yanada takomillashtirish maqsadida, zamonaviy o'quv dasturlarini ta'lim jarayoniga kiritish yuzasidan 2019-2020 va 2020-202- o'quv yillarida nemis tili bo'limlarida Gyote lnstitutining "DLL Nemis tilini o'qitishni o'rganish" dasturini implementatsiyasi bo'yicha pilot loyiha muvaffaqiyatli o'tkazilgan edi.

Mazkur loyiha natijalariga ko'ra, 0'zbekistondagi Gyote lnstituti - Farg'ona davlat universitetining nemis tili ta'lim yo'nalishlari o'quv jarayoniga "DLL Nemis tilini o'qitishni o'rganish" dasturini kiritish bo'yicha o'zaro hamkorlik shartnomalarini imzolashga qaror qilindi.

Eng quvonarlisi, ayni vaqtda ushbu dasturni tadbiq qilish bo'yicha Gyote lnstituti va Farg'ona davlat universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur uchrashuvda nutq so'zlagan universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodirjon Shermuhammadov o'z so'zida O'zbekiston va Germaniya hamkorligining yangi qirralariga alohida to'xtalib o'tdi.

Ushbu yangi hamkorlik Farg'ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti faoliyatida yangicha xalqaro ilmiy muvafaqqiyatlar kashf etishi kutilmoqda.