Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

HARBIY TA’LIM FAKULTETI: “Muhim masalalar kengashildi”

11:40, 28.01.2022      

Xalqimizda, “Zamon senga boqmasin – sen zamonga boq”, degan maqol bejizga aytilmagan. Innovatsion axborot tizimini jadal rivojlanishi, har jabhada oʼzini koʼrsatmoqda.

Ayni damda, Fargʼona davlat universitetida ham onlayn tartibda dars mashg’ulotlari tashkillanmoqda. Taʼlimning ushbu turi HEMIS axborot dasturi orqali barcha talabalarni mashgʼulotlarga toʼliq qamrab olinishini taʼminlaydi.

Universitetning Harbiy-taʼlim fakultetida oʼtkazilgan yigʼilishda ham bu masalaga alohida toʼxtalib oʼtildi. Unda professor-oʼqituvchilar va talabalar oʼrtasida elektron taʼlim tizimidan foydalanib, darslarni toʼliq oʼzlashtirishlari uchun barcha sharoit yaratilishi toʼgʼrisida kelishib olindi. Bu borada tizimni o'zlashtirishda ko'mak zarur bo'lgan yoshlar bilan ishlash va boshqa muhim tashkiliy masalalar kun tartibida bo'ldi.

Shuningdek, yig'ilish so'ngida fakultetda turli loyihalar va tashabbuslar bilan faollik ko'rsatayotgan tyutorlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.