Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

Talabamiz Rossiya konferensiyasi ishtirokchisi

13:31, 31.01.2022      

Filologiya fakultetida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xorijning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan uzviy aloqa o‘rnatish maqsadida Rossiyaning Qozon federal universiteti bilan “3+1” qo‘shma dasturi asosida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur dastur asosida tahsil olayotgan talabalarni ilmiy ishlarga faol jalb etish, ularning tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu harakatlar natijasi sifatida filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili ta’lim yo‘nalishi 21.121-guruh talabasi Anastasiya Kosenkova Rossiyaning Qozon federal universiteti tomonidan T.A.Geller xotirasiga bag‘ishlab “Adabiyotshunoslik va estetika XXI asrda” mavzuida o‘tkazilgan butunrossiya ilmiy-amaliy anjumanida o‘zining “O‘zbekistonda rus adabiyoti” mavzuidagi maqolasi bilan ishtirok etdi.

U o‘z chiqishida O‘zbekistonda adabiyotga, xususan, kitobxonlik targ‘ibotiga qaratilayotgan e’tibor, bu borada rus adabiyoti namunalarining o‘rganilishi haqida ma’ruza qildi.