Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

SAN'ATSHUNOSLIK FAKULTETIDAN XUSHXABAR!

09:57, 02.02.2022      

Sanʼatshunoslik fakultetining M.Achildiyeva va A. Hojimamatovlar badiiy rahbarligidagi "Tarona" vokal cholg'u ansambli jamoasi Rossiya Federatsiyasida boʼldilar. U yerda o‘tkazilgan xalqaro "Супер Звезди" ko‘rik-tanlovida jamoamiz milliy qoʼshiqlari bilan ishtirok etib, oʼzbek xalqining milliy kuy va qoʼshiqlari orqali, uning sanʼati va madaniyatining qanchalar yuksak estetik ahamiyatga ega ekanini yana bir marta namoyon etdilar.

Tanlov soʼngida jamoamiz koʼrik-tanlovning faxrli 1-o‘rin sohibi bo'ldilar.

Oʼzbek xalqini yuksak maʼnaviyatini tarannum etgan jamoadoshlarimiz yutuqlari oliy taʼlim muassasamizning, balki, Oʼzbekiston faxridir. Ularni ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz!