Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik fakultetida “Mohir qoʼllar” onlayn tanlovi!

10:34, 02.02.2022      

Fargʼona davlat universitetining Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik fakultetining yoshlar masalalari va ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha dеkan o'rinbosari, xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi hamda tyutorlari tashabbusi bilan talaba-qizlar oʼrtasida mazmunli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ular talabalarning onlayn darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillash maqsadida fakultet qizlari o‘rtasida "Mohir qo'llar" onlayn tanlovini eʼlon qildilar.

Tanlovda talaba-qizlar o‘zlarining noodatiy iste’dotlari va qo‘l mehnatlari orqali ishtirok etdilar.

Jumladan, rassomchilikning turli yoʼnalishlari boʼyicha, munchoqlar yordamida turli tasvirlarni matoga tushirish, keraksiz buyumlardan foydalanib kerakli narsalar yasash, turli aplikatsiyalardan guldastalar yasash, to'qilgan buyumlar fotosurati hamda kulinariya sohasida pishirgan shirinliklari, milliy va dunyo taomlari bilan qatnashdilar.