Inson qanchalik ulkan yutuqlarga erishmasin, uning orzulari yuksalib boraveradi. Erishganlari ortda qolib, yangi gʼoyalar sari olgʼa qadam tashlaydi.
Yangi Oʼzbekistonning 2022-2026-yillarga moʼljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”ning maqsadi ham demokratik islohotlar sari yuksalishdir.
Fargʼona davlat universiteti Fizika-texnika fakultеtda Yangi O'zbеkistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan “Taraqqiyot stratеgiyasi” va undagi “Davlat - inson uchun” g'oyasi,2022-yil – “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun mohiyatini o'rganishga bag'ishlangan navbatdagi kеngaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yigʼilishda fakultetning professor-o‘qituvchilari va tyutorlari ishtirok etdilar.