Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

TABIIY FANLAR FAKULTETIDA KENGASH YIG'ILISHI

13:37, 05.02.2022      

“Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak!” muhtaram Prezidentimizning xalq qalbidan joy olgan bu shiorlari zamirida ulkan insoniy gʼoyalar mujassamdir. Aynan ushbu g‘oya ziyolilar vakillari uchun ham bosh maqsad bo‘lib xizmat qiladi va mamlakatda amalga oshirilayotgan har qanday islohotlar jamoaga turli yig‘ilishlar, muloqotlar, davra suhbatlari tarzida tushuntirib boriladi.

Fargʼona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida bo‘lib o‘tgan navbatdagi fakultet Kengashi yig'ilishi ham shu maqsadlarga qaratildi.

Yig'ilish kun tartibidan Yangi O'zbеkistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan “Taraqqiyot stratеgiyasi” va undagi “Davlat - inson uchun” g'oyasi, 2022-yil – “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyatini o'rganish kabi muhim masalalar o'rin oldi. Yigʼilishni universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) P.Otaqulov olib bordi. Unda fakultetning professor-o‘qituvchilari va tyutorlari ishtirok etdilar.