Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

HARBIY TAʼLIM FAKULTETIDA NAVOIYXONLIK TADBIRI

15:42, 10.02.2022      

Soʼz mulkining sultoni hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan yurtimizning har bir soha vakillari tomonidan “Navoiyxonlik” tadbirlari oʼtkazilmoqda.

Jumladan, Fargʼona davlat universiteti Harbiy ta'lim fakultetida ham jamiyat va davlat arbobi Alisher Navoiy tavullidining 581 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda fakultet dekani I.Saidov soʼzga chiqib, Navoiy shaxsini jamiyat arbobi sifatida olib borgan siyosati toʼgʼrisida nutq soʼzladi. Shundan soʼng, boy ma'naviy merosi bilan turkiy adabiyotga beqiyos hissa qoʼshgan Alisher Navoiyning ijod naʼmunalari, betakror g'azallari tinglandi.

Tadbirda fakultetning barcha professor-oʼqituvchilari, talabalari va ishchi xodimlari ishtirok etdilar.