Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

​XOTIN-QIZLAR MASLAHATCHILARI HABAR QILADI!

12:06, 11.02.2022      

Yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish borasida oʼtgan yillar davomida qator dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ayolga boʼlgan eʼtibor davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan biriga aylanib ulgurdi.

Tabiiy fanlar fakultetida xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi boshchiligida tyutorlar, talaba-qizlar va mutaxassislar ishtirokida "Xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirish" mavzusida ZOOM dasturi orqali davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat jarayonida, talaba-qizlarda sogʼlom turmush tarzi malakalarini shakllantirish, oʼz salomatligiga nisbatan masʼuliyat, turli zararli odatlarga ruju qoʼymaslik, faxsh yoʼliga kirmaslik, muntazam ravishda sport bilan shugʼullanish, ovqatlanish, kiyinish va muomala madaniyatiga rioya qilishni shakllantirish, talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, qizlarning oʼzlarini tutishlari, oʼqishga va kelajak hayotga boʼlgan munosabatlarini ijobiy shakllantirish kabi masalalaroʼrganildi. Talaba-qizlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar.