Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

UZUMCHILIK, MEVACHILIK VA SABZAVOTCHILIK QO'SHMA FAKULTETIDA REKTOR UCHRASHUVI

11:11, 15.02.2022      

Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligidagi navbatdagi uchrashuv Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo'shma fakulteti faoliyatiga qaratildi.

Uchrashuvda ishtirok etayotgan fakultet rahbariyati, profеssor-o'qituvchilar va ishchi xodimlar rektor bilan yuzma-yuz, ochiq muloqotga kirishdilar. Har bir uchrashuvlarda qayd etilayotgan muhim vazifalar - korrupsiya illatiga yo'l qo'ymaslik, ziyo maskaniga va ustozlik sharafiga dog' tushurmaslik, ezgu g'oyalar va tashabbuskorlik bilan halol mehnat qilish, ilmiy salohiyatni oshirish, bu borada oliygohda yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, talabalarning ma'naviy dunyosi, ichki kechinmalari va muammosini o'rganish, ular bilan do'stona, sog'lom muhitda ish olib borish, yoshlarda oriyat, sadoqat, or-nomus, milliy g'urur tuyg'ularini kuchaytirish masalalari kun tartibida bo'ldi.

"...Davlatimiz rahbari uzumchilik sanoatiga alohida eʼtibor qaratib, xalqimizning asrlar davomidagi milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyati, gʻururi va daromad manbaiga aylangan ushbu tarmoqni ilgʻor tendensiyalar asosida rivojlantirmoqdalar. Bu sohada Muhtaram Prezidentimiz ishonchini oqlamog'imiz, fakultetni uzumchilik, mevachilik, sabzavotchilik sanoatida yetakchi o'ringa olib chiqmog'imiz zarur, - " deya ta'kidladi oliygoh rahbari.