Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR - 539 YOSHDA!

11:17, 15.02.2022      

“Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,

Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim...”

“Shohlarning shoiri, shoirlarning shohi” deya tarix zarvaraqlarida tarif etilgan Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining dilbar ga’zallari bilan hamisha barhayotdir. Shu bois, bugun mamlakatimizda temuriyzoda shoh tavalludining 539 yilligi keng nishonlanmoqda.

Farg’ona davlat universitetida o’tkazilgan ilmiy-adabiy tadbirda ham Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi otashin nutqlarga, kuy-qo’shiqlarga, sahnaga ko’chdi.

San’atshunoslik va Filologiya fakulteti jamoasi hamkorligida tayyorlangan ushbu anjuman buyuk davlat arbobi va so’z musavviri tavalludining 539-yilligiga munosib tuhfa bo’ldi.