Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

ONLAYN MULOQOT

10:29, 19.02.2022      

Inson ongi tasavvurlarni ma’lum maqsadlarga yo'naltiruvchi qurilmadir. Maqsadga erishish uchun har bir shaxs iloji boricha hayotiy tasvirni yarata olishi va shu maqsad sari muvaffaqiyatga erishish yo’lida barcha jarayonlarni tasavvur qila olishi zarur. Ongimizda bong urgan g’oya maqsadga aylanadi. Maqsadlar esa muvafaqqiyatga yetaklaydi.

Shu kabi masalalar yuzasidan, Fargʻona davlat universiteti talaba-yoshlari uchun psixolog-motivator bilan onlayn muloqot tashkil etildi.

Oliy toifali psixolog-trener, motivator Naimjon Azimov bilan "Maqsadga erishishning samarali yoʻllari" mavzusida telegramm kanal orqali ovozli suhbat tashkil etildi.

Ushbu muloqot jarayonida 60 nafar talabalar ishtirok etdilar.Bunda yoshlar hayotda o'z oldiga katta maqsadlar qoʻyish, uni amalga oshirish yoʻllari haqida muhim maʼlumotlar oldilar.