Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

CHET TILLARI FAKULTETI TALABA-QIZLARI BELLASHUVI

09:31, 05.03.2022      

Ko‘rkam ko‘klamning huzurbaxsh nafasi ko‘ngillarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Butun borliq uyg‘onadi. Qir-adirlarda maysalar nish urib chiqa boshlaydi.

Bog‘-rog‘lar gullarga to’ladi. Qushlarning sayrashi qalblarga quvonch ulashadi. Bahorning ilk kunlaridanoq tabiat yashillikka burkana boshlaydi.

Universitetning Chet tillari fakultetida ham go’zallik timsoli bo’lgan lobar qizlar oliygohga bahoriy kayfiyat ulashib, "Balli, qizlar" ko'rik-tanlovini o'tkazdilar.

Tadbirni kirish so'zi bilan ochib bergan xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi B.Qurbonova talaba-qizlarni bahoriy ayyomlar bilan qutladi. Fakultetning 1-2-3-bosqichida ta'lim olayotgan qizlar bellashuvda 4 shart bo'yicha o'z zukkoliklarini sinovdan o'tkazdilar. Qizg'in o'tgan tavlovda filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili yo'nalishi 1-bosqich talabasi A. Abdumalikova birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Bellashuv so’ngida ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo’yicha fakultetning estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.