Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

IKKI FAKULTET O’RTASIDA BELLASHUV

14:03, 05.03.2022      

Universitetda ta’lim olayotgan ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlarni sportga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida oliygoh tyutorlari tomonidan Matematika-informatika va Tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Fakultetlarning talaba-yigitlari o’rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha, talaba-qizlar o’rtasida sportning volleybol turi bo’yicha kuch sinashdilar.

O’yinlar murosasiz va qizg’in bo’lib o’tdi. G’olib jamoalar fakultetning estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Musobaqa so’nggida ushbu sport o’yinlarini sportning boshqa turlari bo’yicha davom ettirishni an’ana tusiga aylantirishga kelishib olindi.