Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TARIX FAKULTETINING TALABA-QIZLARI "ZAKOVAT" O'YINIDA

10:56, 07.03.2022      

O’zbek ayollarining aql-zakovatining yuksakligiga qadimdan tarix guvoh. To’maris, Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiyaxonim kabi xalqning dardi bilan yongan ajdodlarimiz, o’zbek ayolini siymosini dunyoga taratganlar. Bugunning yoshlari ana shu siymolar izidan borib, har sohada o’zbek ayollarining nufuzini ko’klarga ko’tarib kelmoqdalar.

Jumladan, Farg’ona davlat universiteti talaba-yoshlari o’rtasida ham aql-zakovati, bilimi bilan barchaga na’muna bo’la oladigan talaba – qizlar ta’limning turli sohalarida bilim olib, izlanishlar olib bormoqdalar.

Tarix fakultetining shu kabi bilimga chanqoq talaba-qizlar o’rtasida, "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi. Bayramona kayfiyatda o'tkazilgan bellashuv bahs va munozaralarga boy tarzda o'tdi va g'oliblar munosib taqdirlandilar.