Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 473
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 48
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

CHET TILLARI FAKULTETIDA "ZAKOVAT" O'YINLARI

12:23, 09.03.2022      

“ZAKOVAT” intellektual o’yinlari fikrlari, g’oyalari, maqsadlari bir bo’lgan yoshlarni bir stol atrofiga chorlovchi, aql va idrokni rivojlantirishga xizmat qiluvchi sezgirlik, zakkolik o'yindir.

Universitetda tashkillangan "ZAKOVAT" intellektual o'yinlar o'tkazish majmuasida Chet tillari fakultetining talaba-yoshlardan iborat "ZAKOVAT" klubi ishtirokchilari o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.

Mazkur klubida tashkillangan intellektual o'yin har galgi o'yinlardan farqli ravishda yuqori kayfiyatda va haqiqiy "ZAKOVAT" muhitida bo'lib o'tdi.

O'yinni Yoshlar ishlari agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi va oliygoh rahbariyati vakillari kuzatib bordilar.

Bellashuvda fakultetning 10 ta jamoasi faol qatnashib, eng kuchli deb topilgan jamoa final bosqichida ishtirok etishni qo’lga kiritdilar. Finalda "Team Zone" jamoasi qatnashib, g'oliblikni qo'lga kiritdilar.