Zootexniya fakultetining dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi yo’nalishi, 3-bosqich talabasi Rustamova Sadbarxon Ravshanbek qizi- Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi xalqaro miqyosida tashkil etilgan maqolalar tanlovida o'zining "Grechixadoshlar oilasining Torondoshlar turkumi vakili qizil tasma (Polygonum aviculare) o’simligining botanik tavsifi va o’ziga xos dorivorlik xususiyatlari" mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi.
Natijalarga ko'ra, "ENG YAXSHI INNOBATOR - 2022" nominatsiyasi va ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Farg’ona davlat universiteti rahbariyati Rustamova Sadbarxon Ravshanbek qizining yutuqlaridan fahrlanib, talabaning keyingi izlanishlarida bundanda yuqori natijalarni kutib qoladi.