Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

OLTIARIQ TUMANIDA MEHNAT YARMARKASI

17:50, 16.03.2022      

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yil 4-mart kuni o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida berilgan muhim vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg‘ona davlat universiteti tomonidan Farg‘ona viloyat hokimligi, Farg‘ona viloyat bandlikka ko‘maklashish bosh boshqarmasi hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlar uchun o'tkazilgan mehnat yarmarkasi doirasida oliygohning Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo'shma fakultetida ham tuman madaniyat uyida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada tumandagi bir qancha tashkilot va muassasalar o'zlaridagi mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etishdi. Fakultet talabalari o'zlariga munosib bo'lgan soha va yo'nalishdagi ish joylari bilan tanishdilar va kelgusida ishlash istagida bo'lgan talabalar bilan tashkilotlar o'rtasida o'zaro kelishuvga erishildi.